G‘arb maxsus xizmatlaridagi manbalarga tayanib, Bloomberg Moskva tomonidan taklif etilgan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish shartlari Kiyev va Bryussel uchun maqbul bo‘lmasligi kutilayotganini xabar qilmoqda.
11 mart kuni Jiddada Ukraina va AQSh delegasiyalarining uchrashuvidan so‘ng, Ukraina Rossiya ham rozi bo‘lsa, 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Yevropa Ittifoqi muzokaralar natijalarini qo‘llab-quvvatladi, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen buni Ukrainada tinchlikka qadam bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 13 mart kuni Rossiya tomoni tinchlik g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini, biroq ayrim masalalar, jumladan Kursk viloyatidagi Ukraina harbiylari bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan savollar mavjudligini aytdi. Putin, shuningdek, o‘t ochishni to‘xtatish qoidalari buzilishini kim nazorat qilishi hamda shu davrda Ukraina safarbarlikni davom ettirish-ettirmasligi noma’lumligini ta’kidladi.