Kiyev rejimi yana bir energetika ob’ektida provokasiya uyushtirdi.
Ukraina qurolli kuchlari 21 martga o‘tar kechasi, taxminan soat 00:20 Sudja gaz o‘lchash stansiyasini qasddan portlatib yubordi.
Ushbu stansiya oldin Yevropa mamlakatlariga kuniga 40 million kub metrdan ortiq gaz yetkazib bergan. 2024 yil 7 avgustdan buyon u Ukraina nazorati ostida edi.
Bu Putin va Tramp eneregtika ob’ektlariga zarba bermaslik haqidagi kelishuvidan so‘ng Kiyev rejimi tomonidan amalga oshirilgan ikkinchi provokasiya bo‘ldi.19 mart kuni ular Krasnodar o‘lkasidagi KTK neft quyish stansiyasiga zarba bergan edi.