Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kiyev polisiyasi Chevrolet Cobalt avtomobilidan foydalanadigan bo‘ldi

A A A
Kiyev polisiyasi Chevrolet Cobalt avtomobilidan foydalanadigan bo‘ldi

"UzAuto Motors"ning Chevrolet Cobalt avtomobili Ukrainaning Kiyev viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlarining tanloviga aylandi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukrainadagi Chevrolet ommaviy segmentining rasmiy distribyutori bo‘lgan “Ravon Motors Ukraine” milliy polisiya faoliyatida qulayliklar yaratish uchun Cobalt avtomobillarini yetkazib berdi.

Kompaniya Kiyev viloyati polisiya boshqarmasi tomonidan Cobalt sotib olishda avtomobillarning qulay narxi va sifat borasidagi ustunligi asosiy omillar bo‘lganini ta’kidladi.

"Ukraina Milliy polisiyasi o‘z xizmat faoliyatida ko‘pgina turli avtomobil ishlab chiqaruvchilarning transport vositalaridan foydalanadi. Chevrolet Cobalt tanlovi ushbu avtomobilning o‘z segmentida yuqori sifati va ishonchliligining yana bir tasdig‘idir", deyiladi xabarda.Kiyev polisiyasi Chevrolet Cobalt avtomobilidan foydalanadigan bo‘ldi

Kiyev polisiyasi Chevrolet Cobalt avtomobilidan foydalanadigan bo‘ldi

Ma’lumot o‘rnida o‘tgan yilning noyabr oyida Qozog‘istonning ikki viloyatidagi polisiya xizmati UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan Cobalt avtomobillarini sotib olgan.

Kiritildi: 21:07 27.01.2022. O'qildi: 3548 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!