Kiyev Yevropa Ittifoqiga faqatgina to‘laqonli a’zo bo‘lishga rozi va G‘arb ko‘rib chiqayotgan muqobil variantlarni qabul qilmaydi.
Bu haqda Politico nashri Ukraina bosh vaziri Denis Shmigalga tayanib xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Fransiya va Germaniya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga bosqichma-bosqich a’zolik variantini talab qilmoqda.
Denis Shmigal esa Kiyev Ukrainaning YEIga qo‘shilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi variantiga emas, faqatgina to‘laqonli a’zolikka rozi bo‘lishini ta’kidladi.