Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Kichik Mbappe ham "PSJ"dan ketishini e’lon qildi

Kichik Mbappe ham "PSJ"dan ketishini e’lon qildi

Yarim himoyachi Etan Mbappe ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "PSJ"dan ketishini ma’lum qildi.

Yoz boshida klubni tark etgan Kilian Mbappening ukasi 2017 yilning avgust oyidan buyon Fransiya grandi tizimida harakat qilayotgandi.

2023 yilning 15 sentyabr kuni yarim himoyachi ilk bor "PSJ"ning kattalar jamoasi safiga qo‘shilgan va 20 dekabr kuni Liga 1 ning 17-turi doirasidagi bahsda "Mes"ga qarshi bellashuvda maydonga tushgan.

Hozircha u faoliyatini qaysi klubda davom ettirmoqchiligi aniq emas.

Kiritildi: 08:42 19.06.2024. O'qildi: 1030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!