“O‘zsanoatqurilishbank” o‘z mijozlari xohish-istaklaridan kelib chiqib, tadbirkorlik sub’ektlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida ajratiladigan kreditlari muddatini 18 oydan 36 oy (3 yil)ga uzaytirdi.
Kredit foiz stavkasi imzolangan kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi. Ta’minot sifatida kredit summasining 125 foiz miqdoridan kam bo‘lmagan garov qabul qilinadi.
Ta’kidlash lozimki, “O‘zsanoatqurilishbank” hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlar uchun turli uchrashuv va seminarlar tashkil etib, soha sub’ektlarining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan fikr-mulohazalarini o‘rganmoqda.
Bu yangi bank mahsulotlarini joriy etish, amalda bo‘lgan xizmatlarni takomillashtirish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Manba: uza.uz