Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kichik biznes vakillari 332,8 mlrd. so‘mlik soliqlardan ozod bo‘ladi

Kichik biznes vakillari 332,8 mlrd. so‘mlik soliqlardan ozod bo‘ladi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Yusuf Nazarov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingdan muhim ma’lumotlar:

Bugungi kunda mamlakat bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan 142,5 mingta kichik biznes vakillari mavjud bo‘lib, ular 332,8 mlrd. so‘mlik soliqlardan ozod bo‘ladi. Bu summa ikki turdagi — mol-mulk va yer solig‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Misol uchun, Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi "Toshkent qog‘ozi" jamiyatning ko‘chmas mulkining qoldiq qiymati 28,1 mlrd. so‘mni, egaligidagi yer maydoni 12,2 gektarni tashkil qiladi. Makur korxona 2020 yil uchun 563,3 mln.so‘m mol-mulk solig‘i hamda 1330,3 mln.so‘m yer solig‘i, jami 1893,6 mln. so‘m soliq to‘lashi kerak edi. Prezident Farmoniga asosan, endilikda ushbu sub’ektda 2020 yil 1 iyundan 1 sentyabrgacha bo‘lgan davr uchun soliq imtiyozi qo‘llanilishi natijasida mol-mulk solig‘idan 140,8 mln.so‘m, yer solig‘ida 332,5 mln.so‘m jami 473,3 mln.so‘m mablag‘ iqtisod qilinib, jamiyat ixtiyorida qoladi.

Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) taqdim etilgan, aprel-may oylari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk va yer solig‘i summalaridan voz kechildi. Natijada 2 422 ta  soliq to‘lovchining 123 milliard so‘m miqdoridagi kechiktirilgan soliqlarni to‘lamaydigan bo‘ldi.

 2020 yil 1 maydan 1 iyulgacha mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 %dan 1%gacha pasaytirildi.

Natijada 1 mln. 681 ming 769 ta ish o‘rni tashkil etilgan 328 782 ta mikrofirmalar va kichik biznes sub’ektlari soliq to‘lovchilariga soliq yuki kamaytirildi.

Mikrofirma va kichik korxonalarning aylanma mablag‘lari kamayishining oldini olish maqsadida soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020 yil 1 sentyabrgacha to‘xtatiladi. 

Soliq to‘lovchilar 2020 yil 15 may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ijro etilmagan to‘lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqiga ega. 
 

Kiritildi: 15:02 23.06.2020. O'qildi: 1644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!