Bu haqda Ilon Mask o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Qizil sayyoraga birinchi bo‘lib Optimus robotlarini jo‘natishadi, ular kolonizasiya uchun asosiy texnologiyalarni sinovdan o‘tkazishi va poydevor qurishi kerak bo‘ladi, odamlar bilan missiyalar va baza qurilishi esa 2027-2028 yillarda boshlanadi.
2030 yilgacha yuzlab raketalarni uchirish va shahar qurilishini boshlash, 2033 yilga borib esa parvozlar sonini 500 taga yetkazish va resurslar qazib olishni boshlash rejalashtirilgan.