Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Keng miqyosli urush boshlangandan so‘ng, Rossiya Ukrainaga “tinchlik shartnomasi”ni taklif qilgan

A A A
Keng miqyosli urush boshlangandan so‘ng, Rossiya Ukrainaga “tinchlik shartnomasi”ni taklif qilgan

Keng miqyosli urush boshlangandan so‘ng, Rossiya Ukrainaga “tinchlik shartnomasi”ni taklif qilgan.

“Ozodlik radiosi” manbalariga tayanib 2022 yil 7 mart sanasida Moskva tomonidan ilgari surilgan “tinchlik shartnomasi” loyihasini e’lon qildi. Kreml uni Kiyevga Belarusdagi muzokaralarning 3-raundida topshirgan.

O‘t ochishni to‘xtatish evaziga Ukraina Rossiyaning quyidagi shartlarini bajarishi kerak bo‘lgan:
◾️Armiya sonini 50 000 kishigacha qisqartirish;
◾️ Armiyani doimiy joylashtirish punktlariga qaytarish;
◾️Hech qanday harbiy ittifoqlarga kirmaslik;
◾️O‘z hududida 250 km dan ortiq masofaga uchadigan raketa qurollariga egalik qilmaslik yoki joylashtirmaslik;
◾️Rossiya Federasiyasi kelajakda Ukrainada ishlab chiqilishi mumkin bo‘lgan qurollarning har qanday turlarini taqiqlash huquqini o‘zida saqlab qolishi;
◾️2014 yildan beri vayron bo‘lgan Donbass infratuzilmasini tiklash xarajatlarini Kiyev o‘z zimmasiga olishi;
◾️Ma’muriy hududlari doirasida DXR va LXRning mustaqilligini tan olish
◾️Rossiyaga qarshi barcha sanksiyalarni, shu jumladan, G‘arb davlatlari sanksiyalarini ham bekor qilish;
◾️Ukrainada rus tiliga davlat tili maqomini berish.

Kiritildi: 09:55 05.11.2024. O'qildi: 1265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!