Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Kellog: Ukrainaga hech kim tinchlik kelishuvini majburiy tarzda qabul qildirmaydi

Kellog: Ukrainaga hech kim tinchlik kelishuvini majburiy tarzda qabul qildirmaydi

"Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga hech kim tinchlik kelishuvini majburiy tarzda qabul qildirmaydi, faqat u va Ukraina xalqi bu haqda qaror qabul qiladi", — dedi AQSh prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog.

Shuningdek, Kellog Zelenskiy bilan uchrashishini va uning Ukrainaga safari hali yakuniy rejalashtirish bosqichida ekanligini aytdi.

Bungacha Zelenskiy Kellogni 20 fevral, payshanba kuni Ukrainaga kelishini kutayotganini ma’lum qilgan edi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, tashrif kamida ikki kun davom etadi. Zelenskiy, shuningdek, maxsus vakil bilan birga frontga borish rejasi haqida ham gapirgan.

Kiritildi: 06:00 18.02.2025. O'qildi: 952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!