Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Kellog: Ukraina muzokaralari boshlanishidan oldin sulhga erishish kerak

Kellog: Ukraina muzokaralari boshlanishidan oldin sulhga erishish kerak

Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar boshlanishidan oldin 30 kunlik otashkesimga erishish kerak.

Bu haqda AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellog X ijtimoiy tarmoqda yozdi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kiyev rasmiylari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlash taklifini olqishlagandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11-mayga o‘tar kechasi Kreml oldida jurnalistlar bilan suhbatda Kiyev rasmiylariga 2022-yilda to‘xtatib qo‘ygan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni hech qanday shartlarsiz qayta boshlashni taklif qildi. Muzokaralar 15 may kuni Istanbulda boshlanishi taklif qilinmoqda.

Kiritildi: 20:24 11.05.2025. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!