Kiyev kamida 30 kunlik sulhni uzaytirish imkoniyati bilan joriy etishga rozi. Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Keyt Kellog Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi .
"Ular quruqlikda, dengizda va havoda - kamida 30 kunga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan keng qamrovli o‘t ochishni to‘xtatishga rozi", - deya ta’kidladi siyosatchi. Shuningdek, Kelloggning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni 30 kilometrlik bufer zonasini yaratishni taklif qilgan.