Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Kelgusi yili Surxondaryoga 1,5 milliard dollar investisiya olib kelish vazifasi qo‘yildi

Kelgusi yili Surxondaryoga 1,5 milliard dollar investisiya olib kelish vazifasi qo‘yildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda kelgusi yili Surxondaryoga 1,5 milliard dollar investisiya olib kelib, sanoatda 12 trillion so‘m mahsulot ishlab chiqarish, 500 million dollarlik eksportni amalga oshirib, 100 million dollar importni qisqartirish, kamida 500 ming xorijiy sayyohga xizmat ko‘rsatish uchun sharoit yaratish, 400 ming aholini band qilish viloyat, tuman hokimlarining asosiy vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Eng asosiy masala – investisiya va sanoat. Bunda eng katta zaxira mavjud konlarni ishga solishdir.

Sariosiyodagi "Chinorsoy" polimetall konida qo‘rg‘oshin, rux va oltin, "Xo‘ja-osmin" konida oq marmar, Boysun va Sariosiyoda ko‘mir, Sheroboddagi “Xo‘jai-kon” konida kaliy o‘g‘iti zaxiralarini o‘zlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi oldiga viloyatning tog‘li hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish vazifasi qo‘yildi.

Kiritildi: 16:34 17.11.2023. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!