Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Kelgusi haftada tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus qaror imzolanadi

Kelgusi haftada tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus qaror imzolanadi

Davlatimiz rahbari kelgusi haftada tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus qarorni imzolashini ta’kidladi.

Unga ko‘ra, tez tibbiy yordam va shoshilinch xizmat xodimlari oyliklari, toifasiga qarab, 10 foizdan 15 foizgacha oshiriladi, tez tibbiy yordamning malakali va natijaga erishgan xodimlari oyligiga 100 foizgacha ustama joriy qilinadi.

Yana bir muhim masalaga e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonda har yili 1 ming kishiga nisbatan chaqiruvlar soni 352 tani tashkil etadi. Bu rivojlangan davlatlardan 6-7 baravar ko‘p.

Chaqiruvlarning 15 foizidagina bemorlarni shifoxonalarga yotqizish talab etiladi. Sababi, joylarda oddiy tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yilmagani uchun aholi tez yordamga murojaat qilishga majbur.

Ochiq muloqotda berilgan 1 mingdan ziyod mahallada tibbiyot punktini tashkil qilish topshirig‘i Qoraqalpog‘iston, Namangan va Surxondaryodan boshqa hududlarda yakuniga yetkazilmagan.

“Viloyat hokimlari bir narsani aniq eshitib olsin. May oyi yakuni bilan barcha mahalla tibbiyot punktlari to‘liq ishga tushirilishi shart”, dedi Prezident.

Kiritildi: 18:30 05.05.2022. O'qildi: 3146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!