Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Kelgusi hafta KXSHT mudofaa vazirlari kengashi rahbarlari yig‘iladi

Kelgusi hafta KXSHT mudofaa vazirlari kengashi rahbarlari yig‘iladi

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 24 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda “Armenpress” KXSHT matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Armaniston Respublikasi mudofaa vaziri Suren Papikyan raisligida kechadigan uchrashuvda tomonlar xavfsizlikka tahdidlarni muhokama qiladi.

Onlayn shaklda tashkil etilayotgan bu galgi anjumanda tashkilotga a’zo mamlakatlar - Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya Federasiyasi, Tojikiston mudofaa vazirliklari rahbarlari, KXSHT bosh kotibi va tashkilotning birlashgan shtabi rahbari general-polkovnik Anatoliy Sidorov ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda 2023 yilga mo‘ljallangan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti xavfsizlik tizimi qo‘mondonlik-nazorat idoralari, kuchlari va vositalarini birgalikda tayyorlash rejasi, nizom organlarining qo‘shma tayyorgarligi bo‘yicha qaror loyihalari ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari ishtirokchilar KXSHTga a’zo davlatlarning jamoaviy xavfsizlik mintaqalarida xavfsizlikka tahdid masalasini ham muhokama qiladilar.

Kiritildi: 11:21 21.05.2022. O'qildi: 1659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!