Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kelgusi hafta boshida havo harorati issiq bo‘ladi

Kelgusi hafta boshida havo harorati issiq bo‘ladi

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 2–4 iyun kunlari ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2 iyunda 17-22 daraja, 3-4 iyunda 20-25 daraja, kunduzi 2-3 iyunda 35-40 daraja, 4 iyunda 33-38 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2 iyunda 15-20 daraja, 3-4 iyunda 18-23 daraja, kunduzi 2-3 iyunda 34-39 daraja, 4 iyunda 35-40 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 2-3 iyunda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 4 iyunda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 2-3 iyunda 34-39 daraja, 4 iyunda 35-40 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 2 iyunda 27-32 daraja, 3-4 iyunda 30-35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 2 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 3-4 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 2-3 iyunda 20-25 daraja, 4 iyunda 23-28 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 10:53 01.06.2025. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!