Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Kelasi yilgi IBA Jahon chempionatining mukofot puli oshadi va yana bitta vazn qo‘shiladi

Kelasi yilgi IBA Jahon chempionatining mukofot puli oshadi va yana bitta vazn qo‘shiladi

Bu ma’lumotni kechagi jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng shaxsan IBA prezidenti Umar Kremlyov berdi.

Uning aytishicha, kelasi yilgi IBA Jahon chempionatining umumiy mukofot jamg‘armasi oshiriladi va vazn toifalari bittaga ko‘paytiriladi.

"Biz mukofot jamg‘armasini sakkiz million dollardan o‘n million dollargacha ko‘taramiz. Bu to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egallagan bokschilarga 10 mingdan emas, 30 ming dollardan gonorar olish imkonini beradi.

Shuningdek, Kongressga vazn toifalari sonini 14 taga yetkazishni va -100 kg gacha vaznni qo‘shishni taklif qilaman" - dedi Kremlyov.

Kiritildi: 23:40 14.12.2025. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!