Kecha tunda Gruziya bo‘ylab mamlakat hukumatining Yevroittifoq bilan integrasiyani to‘xtatib qo‘yganiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
"Namoyishlar Gruziyaning Tbilisi, Batumi, Kutaisi va boshqa shaharlarida bo‘lib o‘tkazildi", deya xabar beradi Tbilisi life.
Kutaisida namoyishchilar qatoriga shifokorlar qo‘shildi va shahrar meriyasi oldida to‘planishdi. Tbilisida Gruziya Parlamenti va Ichki ishlar vazirligi binolari oldida hibsga olinganlarni ozod etish talabi bilan miting bo‘lib o‘tdi.