Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Kattaqo‘rg‘onda bolalarini qiynagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kattaqo‘rg‘onda bolalarini qiynagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol o‘z bolalarini qiynayotgani aks etgan video tarqaldi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, holat Kattaqo‘rg‘on tumanining “Andoqsoy” MFY, Andoqsoy qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

2000 yilda tug‘ilgan X.U. ayni damda Rossiyada bo‘lgan eri bilan janjallashib, jahl ustida bolasini qiynab, tasvirga olib turmush o‘rtog‘iga yuborgan.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi "a" bandi (Voyaga yetmaganlarni qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayolning himoya huquqi ta’minlangan holda jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu oila hamda bolalar bilan ishlash uchun mutaxassis psixologlar jalb etilgan.

Kiritildi: 15:19 18.03.2023. O'qildi: 2652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!