Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Kattaqo‘rg‘onda 3 000 AQSh dollaridan iborat qalbaki valyutani muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Kattaqo‘rg‘onda 3 000 AQSh dollaridan iborat qalbaki valyutani muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan tezkor ma’lumot olingan. Unga ko‘ra IIB xodimlari bilan birga o‘tkazilgan tadbirda fuqaro U.SH. qalbaki 3 000 AQSh dollaridan 300 AQSh dollarini Kattaqo‘rg‘on dehqon bozorida fuqaro SH.O.ga milliy valyutaga ayirboshlash uchun bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.  

Tadbir davomida, U.SH.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda:
 
— 50 va 100 kupyurali 17 400 AQSh dollari, 1 dona 5 000 kupyurali Rossiya rubli;
— 1 dona 1 000 kupyurali Peru pul birligi hamda “Lenovo” rusumli noutbuk;
— “NR” rusumli rangli printer mavjudligi aniqlangan.

Ashyoviy dalil sifatida olingan valyutalar o‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra qalbaki ekanligi ko‘rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 

Kiritildi: 14:21 24.11.2020. O'qildi: 1541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!