Lamborghini 5500 dollarlik bolalar aravachasini taqdim etdi.
2025-yilning eng kutilmagan hamkorliklaridan biri – Lamborghini va bolalar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Silver Cross hamkorligida yaratilgan Ref AL Arancil aravachasi.
Bu eksklyuziv model atigi 500 nusxada ishlab chiqarilgan. Har bir aravacha o‘ziga xos raqamga ega bo‘ladi. Hashamatli bolalar aravachasining narxi — 5500 dollar yoki 4000 yevro.