Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Katta yoshdagi insonlar nega ko‘proq piyoda yurishi kerak?

Katta yoshdagi insonlar nega ko‘proq piyoda yurishi kerak?

So‘nggi yillarda dunyoda infarkt, insult, saraton, qandli diabet kabi xavfli noinfeksion xastaliklarga chalinish ortib bormoqda. Bunga asosan kamharakatlik sabab bo‘lyapti.

— Noinfeksion xastaliklar jahonda nogironlik va o‘limning asosiy sababi, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘lim boshlig‘i Barno Odilova javob berdi. — Bu muammoning oldini olish, organizmning sog‘lom bo‘lishi uchun esa muntazam jismoniy faollik zarur. Inson tanasi uchun eng tabiiy va foydali mashg‘ulot esa piyoda yurishdir.

Ayniqsa, u katta yoshdagi aholi orasida eng xavfsiz, xech qanday mablag‘ va alohida tayyorgarlik talab etmaydigan jismoniy faollik turi hisobanadi.

Doimiy piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 31 foizga kamaytiradi;

Kuzatuv yillari davomida muntazam ravishda piyoda yurgan kishilarda o‘lim holati ehtimoli o‘zini ortiqcha urintirmagan kishilarga nisbatan 32 foizga kam bo‘lgan.

Harvard universitetining yetti keng ko‘lamli tadqiqoti meta-tahliliga asosan ham shunga o‘xshash xulosa va raqamlar keltirilgan:

Harvardning 10 269 nafar bitiruvchisi orasida kamida 9 mil masofaga piyoda yurish (kuniga 2 km.dan ortiq) o‘lim xavfining 22 foizga kamayishiga to‘g‘ri kelgan;

Tibbiyot sohasida ishlovchi 44 452 kishi orasida – kuniga kamida 30 daqiqa piyoda yurganlar yurak ishemik kasalliklar xavfiga 18 foizga kamroq chalinishgan;

72 488 tibbiyot hamshirasi orasida haftasiga 3 soat piyoda yurgan xodimlarda yurak xuruji – 35 foizga, insult xavfi 34 foizga kam bo‘lgan.

London unversitetining ikki olimi piyoda yurishning organizimga ta’sirini o‘rganish uchun 1970 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan barcha tadqiqotlar meta-tahlilini o‘tkazdi. Bunda 500 000 kishi ishtirok etib, ular o‘rtacha 12 yil davomida kuzatilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, ular quyidagi xulosaga keldi:

Asab tizimi – miya faoliyati, harakat va koordinasiyani yaxshilaydi, asab hujayralari kislorod bilan boyitadi, tinchlantiradi, uyqu me’yorlashadi. Depressiya xavfini 30 foizga, Alsgeymer kasalligini 40 foizga kamaytiradi.

Yurak-qon tomirlar tizimi – vegetativ asab tizimining holatiga ta’siri orqali qon bosimini kamaytiradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi. Yurish paytida oyoq mushaklarining ritmik qisqarishi va bo‘shashishi qon va limfa oqimini faollashtiradi, tomirlar kengayishining oldini oladi.

Harakat-tayanch tizimi – metobolizmni oshiradi, ortiqcha kaloriyani yo‘qotadi va mushak massasi ortadi. Yurish ta’siri ostida suyak to‘qimasining tiklanish jarayonlari faollashadi, bu suyak mineral zichligini oshishiga olib keladi. Bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytirib, harakatchanlikni oshiradi, ularni o‘rab turgan mushaklarni kuchaytiradi.

Nafas olish tizimi – o‘pka ventelyasiyasini yaxshilab, hajmini oshiradi. Ko‘krak qafasi mushaklari nafas olish jarayoniga jalb qilingani sababli o‘pkaning ekskursiyasi kuchayadi va kislorod almashunuvi 30 foizga oshadi.

Ovqat hazm qilish tizimi – o‘t pufagi va ichaklar to‘lqinli harakatlarining oshishi tufayli o‘t qopida tosh paydo bo‘lishi va qabziyatning oldini oladi.

Endokrin tizimi – yurganda mushaklar energiyani yog‘larning oksidlanishi va uglevodlarning parchalanishi hisobiga oladi. Bu ortiqcha vazn yo‘qotishda samarali ta’sir ko‘rsatadi va qandli diabet kasalligining oldini oladi.

Muntazam yurish immunitetni mustahkamlaydi. (https://telegra.ph/file/268a22fd3e6ad50520f7a.png)

Kiritildi: 10:18 30.04.2024. O'qildi: 1228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!