«Katta yettilik» davlatlari Xitoy, Eron va Shimoliy Koreyaning bir qator kompaniyalariga Rossiyani harbiy sohada qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblanib, sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Bloomberg.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, «Katta yettilik» davlatlari rasmiylari ushbu mamlakatlarning qator kompaniyalari «Rossiyaga harbiy ehtiyot qismlar va texnologiyalar yetkazib beradi», deb hisoblaydi. Sanksiyalar 24 fevral arafasida kiritilishi mumkinligi rejalashtirilgan. Sanksiyalar bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, ehtimol G7 mamlakatlari tomonidan kiritilgan cheklov choralari bir-biridan farq qilishi mumkin. Sanksiya qo‘llash rejalashtirilayotgan kompaniyalar ro‘yxati to‘liq shakllantirilgani yo‘q, deya aniqlik kiritadi agentlik.