Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Katta chimyon“ tog‘ida adashib qolgan fuqaro qutqarildi

“Katta chimyon“ tog‘ida adashib qolgan fuqaro qutqarildi

Yo‘ldan adashib qolgan fuqaro dengiz sathidan taxminan 2000 metr balandlikda qolib ketgan.

Qayd etilishicha, shu yilning 25 may kuni soat 17:35 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani hududidagi “Katta chimyon“ tog‘iga ikki nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, ulardan biri yo‘ldan adashib qolishi natijasida tog‘dan tusholmay qolganligi haqida xabar kelib tushgan.

Kelib tushgan xabarga asosan Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borgan va fuqarob alandlikdan xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Kiritildi: 19:40 26.05.2025. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!