Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kataloniya hukumati rahbari Ispaniya hukumatiga referendum o‘tkazish bo‘yicha kelishuv taklif qilmoqchi

A A A
Kataloniya hukumati rahbari Ispaniya hukumatiga referendum o‘tkazish bo‘yicha kelishuv taklif qilmoqchi

Kataloniya hukumati rahbari Pere Aragones Ispaniya hukumatiga mintaqaning o‘z taqdirini o‘zi belgilash bo‘yicha referendum o‘tkazish bo‘yicha kelishuvni taklif qilmoqchi.

“Men davlatga “aniq kelishuv” taklif qilmoqchiman, bunda Kataloniya qachon va qanday qilib kelajagini belgilash huquqidan yana bir bor foydalanishi mumkin”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Aragones “bu ishni Kataloniya jamiyatining maksimal qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirish” niyatida.

Iyul oyida Kataloniya hukumati rahbari rasmiylar bilan muloqotni davom ettirish uchun “siyosiy va demokratik yechimlar”ni izlash niyatida ekanini qayd etgan edi.

Kiritildi: 00:06 28.09.2022. O'qildi: 2279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!