Kaspiy dengizida qirg‘oqqa yuvilgan o‘lik tyulenlar soni ortib bormoqda. 24-29 oktyabr kunlari Kaspiy dengizi sohillarida o‘tkazilgan monitoring chog‘ida 289 ta tyulenning jasadi topildi.
Dengiz sohilidagi monitoring ishlarini Jayiq-Kaspiy mintaqalararo havza baliqchilik inspeksiyasi xodimlari Gidrobiologiya va ekologiya instituti vakillari bilan birgalikda olib bordi.
Mang‘istau viloyat baliqchilik inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Andrey Ruskiyning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘oq zonasida monitoring davom etmoqda.
“Bu yerda mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda Gidrobiologiya va ekologiya instituti, Qazaq balyk Respublika baliqchilik va suv xo‘jaligi birlashmasi filiali vakillari ishlamoqda. Tyulenlarning o‘limi sabablari tegishli laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgandan keyin ma’lum bo‘ladi”, – deydi u.