Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kasodga uchragan «UzDEU Avto-Ufa» rahbariyatining harakatlari qasddan bankrotlik sifatida baholandi

A A A
Kasodga uchragan «UzDEU Avto-Ufa» rahbariyatining harakatlari qasddan bankrotlik sifatida baholandi

Bankrotlikka uchragan «UzDEU Avto-Ufa» MCHJ arbitraj boshqaruvchisi kompaniyaning sobiq rahbariyatini subsidiar javobgarlikka tortishni talab qildi. U uch kompaniya va 5 nafar menejer 778,2 million rubl to‘lashi kerak deb hisoblamoqda, deya xabar beradi «Realnoye vremya» nashri.

108 million rubl miqdoridagi qarzni undirish choralarini ko‘rmagan rahbariyat harakatlari qasddan bankrotlik sifatida baholandi. Shuningdek, bosh kompaniyalar «UzDEU  Avto-Ufa» MCHJni o‘zlaridan bozorbop bo‘lmagan avtomobillarni xarid qilish uchun kredit olishga majburlaganligi bildirilmoqda.

Boshqaruvchiga ko‘ra, 778,2 million rubl «Avtosanoat» AK, GM Uzbekistan va «Avtosanoat invest» MCHJdan undirilishi lozim. Shuningdek, Yuriy Kan, Farhod Abdullayev, Qanot Xudoyberganov, Yorqin Shavkatov va Rustam Rahimjonov ham bankrotlikda aybdor hisoblanmoqda.

«UzDEU  Avto-Ufa» MCHJning bankrotlik jarayoni 2017 yil noyabrida boshlandi. Boshqirdiston arbitraji kompaniyani o‘sha yili noyabrida kasod deb topdi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 05:30 25.08.2018. O'qildi: 1334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!