Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Kashmirdagi terrorda gumon qilinganlarning uylarida portlashlar sodir bo‘ldi

Kashmirdagi terrorda gumon qilinganlarning uylarida portlashlar sodir bo‘ldi

Portlashlar Jammu va Kashmirdagi teraktga aloqadorligi taxmin qilinganlar istiqomat qilgan ikki uyda sodir bo‘lgan.

Bu haqda PTI agentligi ma’lum qildi.

Rasmiylarning agentlikka ma’lum qilishicha, xavfsizlik kuchlari "Lashkar-e-Taiba" guruhining ikki a’zosining uylarida tintuv o‘tkazayotgan paytda binolarga o‘rnatilgan portlovchi moddalar ishga tushgan.

Portlash natijasida binolar vayron bo‘lgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 15:24 25.04.2025. O'qildi: 1187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!