Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Karvaxal qachon maydonga qaytmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Karvaxal qachon maydonga qaytmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Madridning "Real" klubi o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.

33 yoshli futbolchi mavsum boshida xochsimon payining yorilishi tufayli safdan chiqqan edi. Hozirgi prognozlarga ko‘ra, futbolchining qaytishi yozning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan. Shunga qaramay, Karvaxalning o‘zi tiklanishni ertaroq - iyun oyida yakunlamoqchi, deb yozadi Marca. Ispaniyalik futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishni maqsad qilgan.

Joriy mavsumda Daniel Karvaxal Karlo Anchelotti jamoasi safida barcha musobaqalarda 11ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi. Lateral hisobida bitta gol va bitta samarali uzatma bor.

Kiritildi: 09:34 25.04.2025. O'qildi: 712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!