Bugun 1 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Karantindagi bankirni haqoratlagan IIB xodimi xizmatdan haydaldi

A A A
Karantindagi bankirni haqoratlagan IIB xodimi xizmatdan haydaldi

Namanganda karantinga tushib qolgan bankirni haqoratlagan ichki ishlar organi xodimi bugun xizmatdan haydalgan.

Kecha kanalimizda e’lon qilingan video bo‘yicha Namangan viloyati IIB o‘rganish olib borgan. Aniqlanishicha, 11 aprelda Namangan shahar Xalq banki xodimi koronavirus alomatlari bor deb gumon qilingan. Bungacha u 1 apreldan 11 aprelgacha Namangan shahrining 6 ta mahallasida pul tarqatgan.

Shu bois bu hududlarda IIB xodimlaridan iborat 6 ta guruh tuzilgan va nafaqa olgan fuqarolar karantinga o‘tkazilgan. Biroq Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB 4-son IIB xodimi o‘zini va guruh a’zolarini videotasvirga olib, karantin holati e’lon qilinganini bila turib, aholi orasida vahima chiqaruvchi hamda bank xodimiga nisbatan obro‘sizlantiruvchi va asossiz ma’lumotlarni so‘zlab, 39 soniyali videotasvirni messenjer orqali tanishiga yuborgan.

IIB xodimi “Ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablarining 144-bandi “i”, “k” kichik bandlariga muvofiq xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgani hamda ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etgani uchun IIO xizmatidan bo‘shatilgan.

Ayni paytda unga nisbatan viloyat IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:00 13.04.2020. O'qildi: 4878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!