Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Karantin vaqtida noqonuniy dori vositalari sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

A A A
Karantin vaqtida noqonuniy dori vositalari sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Toshkent shahrida dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar berdi. 

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro L.H. umumiy qiymati 54,8 million so‘mlik 783 quti «Azaleptol Klozapin» dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda Termiz shahrida davom ettirilib, tadbir davomida fuqaro X.X. umumiy qiymati 46,8 million so‘mlik 810 quti «Azaleptol Klozapin» nomli dori vositalarini noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shundan so‘ng fuqaro X.X.ning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada, ushbu shaxs o‘z xonadonida umumiy qiymati 998,2 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini saqlab kelayotgani aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida jami 1,1 milliard so‘mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. «Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda», deyiladi qo‘mita xabarida.

Kiritildi: 09:44 25.06.2020. O'qildi: 1512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!