Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe "Twitter"dagi sahifasida odamni uyda qolishga chorlovchi musiqali klip joylashtirdi.
Rolik lavhalarida siyosatchining uy sharoitida qanday faoliyat yuritayotgani, nimalar bilan mashg‘ul bo‘layotganini ko‘rish mumkin. Xususan, videoda bosh vazir itini parvarishlaydi, choy yoki qahva ichadi, kitob o‘qiydi, televizor ko‘radi.
Klipning ikkinchi yarmida taniqli yapon qo‘shiqchisi Gen Xosino o‘z xonadonida Uchi de odorou («Uyda raqs tushamiz») qo‘shig‘ini kuylaydi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada 5 apreldan favqulodda holat e’lon qilingan.