Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Karantin! Uyda o‘tirgan holda bank kartasini ochsa bo‘ladimi?

A A A
Karantin! Uyda o‘tirgan holda bank kartasini ochsa bo‘ladimi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Markaziy bank Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikasion siyosat departamenti direktori o‘rinbosari Akmal Nazarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

❓Pensiya pullarini qanday qilib bank kartalari orqali olish bo‘yicha ma’lumot bersangiz. Uyda o‘tirgan holda bank kartasini ochsa bo‘ladimi?

❗️Karantin sharoitida naqd puldan ko‘ra plastik kartadan foydalanish ham xavfsiz, ham samarali yo‘l hisoblanadi.

Hozirda Respublika maxsus komissiyasi tavsiyasiga asosan aholiga ish haqi va pensiya to‘lovlarini bank kartalari orqali amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Unga ko‘ra, pensiya to‘lovlarini amalga oshirish:

➖ joriy yilning may oyidan boshlab, Toshkent va Nukus shaharlari hamda barcha viloyatlar markazlarida istiqomat qiluvchi aholining pensiya to‘lovlari bank kartalari orqali amalga oshiriladi.

➖ keyingi oylardan boshlab, ushbu chora-tadbirlar bosqichma-bosqich qolgan hududlarda davom ettiriladi.

❗️Bunda pensionerlar tomonidan bank kartalarini ochish va unga ega bo‘lish uchun Xalq banki bo‘limlariga borishi talab etilmaydi.

Buning uchun:

➖ Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolar to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlar karta ochish uchun Xalq banki bo‘linmalariga elektron shaklda yuboriladi va bank tomonidan ularga karta ochiladi;

➖ so‘ngra oylik pensiya to‘lovlari Pensiya jamg‘armasi bo‘linmalari tomonidan shakllantiriladigan qaydnomalar asosida fuqaroning kartasiga o‘tkaziladi.

➖Xalq bankining mas’ul xodimlari tomonidan ushbu kartalar ularning egalariga barcha sanitar qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda yashash manzillari bo‘yicha yetkazib beriladi;

➖ Xalq banki xodimlari tomonidan pensionerlarga o‘zlarining bank kartalari yetkazib berilgan vaqtda uni rasmiylashtirish uchun fuqarodan faqatgina ariza va uni bank kartasini qabul qilib olganligi to‘g‘risida imzo so‘raladi.

❗️Xalq banki bankomatlaridan mablag‘larni naqdlashtirish bepul amalga oshirish mumkin bo‘lsa-da, salomatlik nuqtai nazaridan va ayniqsa, bugungi kunda to‘lovlarni bank kartalari orqali amalga oshirishingizni tavsiya etiladi.

Kiritildi: 13:28 14.04.2020. O'qildi: 2416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!