Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Karantin sabab 18 soat ishlayotgan otamga qo‘shimcha haq to‘lanadimi?"

"Karantin sabab 18 soat ishlayotgan otamga qo‘shimcha haq to‘lanadimi?"

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. 

❓ Otam bog‘chada qorovul bo‘lib ishlaydi. Ish vaqti 12 soat. Ish beruvchi karantin sabab 18 soat ishlaysiz deyayotgan ekan. Buning uchun otamga qo‘shimcha haq to‘lanadimi yoki qorovullikda bunday majburiyat yo‘qmi?

❗️ Mehnat kodeksiga asosan ishchi-xodim bir kunda 12 soatdan ko‘p ishlashi mumkin emas. Boshqacha aytganda, xodim 12 soatdan kam dam olmasligi kerak. Agar ish beruvchi xodimni 18 soat ishlashga majbur qilsa, unga nisbatan qonunchilikda javobgarlik bor. 

Bunday holatda ishchilar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining murojaat kanallari bular dmi.mehnat.uz sayti, @mehnathuquqbot telegram boti, 1176 qisqa raqamli hamda 71 200 06 00 ishonch telefonlariga murojaat qilishi mumkin.
 

Kiritildi: 18:04 26.03.2020. O'qildi: 2410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!