Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Karantin! Navoiyda “namozxona” tashkil etib, va’zxonlik qilib kelayotgan erkak qo‘lga olindi

Karantin! Navoiyda “namozxona” tashkil etib, va’zxonlik qilib kelayotgan erkak qo‘lga olindi

Butun dunyo bo‘ylab hukm surayotgan epidemiologik vaziyat bizning mamlakatimiz fuqarolari sog‘lig‘iga ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Yurtimizda joriy etilgan karantin tartib-qoidalari esa, mazkur holatda aholining salomatligini asrashdagi murakkab vaziyatning yechimidir. Xalqimiz birdamlikda ushbu ofatga qarshi kurashayotgan bir paytda, taassufki, ba’zi fuqarolarimizdagi loqaydlik, beparvolik hissi, qoidalarning qasddan buzilish holatlariga sabab bo‘lmoqda.

Navoiy viloyati IIB TvaEQKB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbiri davomida aniqlandiki, 1939 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali – 10 nafar farzandi bor, nafaqaxo‘r, hozirda Karmana tumanidagi “Kattamachit” MFYda istiqomat qilib kelayotgan S.F. maxsus diniy bilimga ega bo‘lmasdan, tegishli tashkilotning ruxsatisiz, 6 nafar mahalladoshlari – 1954 yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali – 5 nafar farzandi bor, nafaqaxo‘r K.U., 1953 yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali – 5 nafar farzandi bor, nafaqaxo‘r P.Z., 1960 yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali – 3 nafar farzandi bor, nafaqaxo‘r A.Y., 1960 yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali – 4 nafar farzandi bor, nafaqaxo‘r T.O., 1958 yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali – 2 nafar farzandi bor, nafaqaxo‘r SH.V. hamda 1949 yil Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali – 4 nafar farzandi bor, nafaqaxo‘r U.M.lar ishtirokida karantinda o‘zining yashash xonadonida “namozxona” tashkil etib, diniy tushunchalarni targ‘ib qilishga qaratilgan va’zxonliklar o‘tkazib kelgan. Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.F.ga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 54-, 201-moddasi bilan hamda boshqa namozxonlarga Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 54-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonun doirasida tegishli tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumki, 2020 yilning 16 mart kunidan O‘zbekiston Musulmonlari idorasining tegishli Fatvosiga ko‘ra, “karonavirus” pandemiyasi sabab, jome’ masjidlarida jamoa bo‘lib namoz o‘qish vaqtinchalik to‘xtatilib, namozxonlarga o‘z uylarida namoz amallarini yakka holda ado etishlari haqida tavsiya berilgan va aynan ushbu ko‘rsatmalar barcha OAVda bot-bot takrorlanmoqda. Nuroniy otaxonlarning ikki dunyo saodatiga erishish niyatidagi ezgu amallarini to‘g‘ri baholaymiz. Biroq, kuchli yepidemiya fuqarolarimiz salomatligiga jiddiy xavf solayotgan ayni tahlikali vaziyatda o‘rnatilgan cheklovlarga amal qilish har bir fuqaroning zimmasidagi burch va mas’uliyatdir. Zero, toat-ibodat amallarini uyda o‘tkazib, iymon-e’tiqod butligini saqlash bilan birga, o‘zining va yaqinlarining salomatligini asrash eng ezgu amallardan biridir.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 19:10 30.05.2020. O'qildi: 3832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!