Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

U23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston finalda Yaponiyaga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi

U23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston finalda Yaponiyaga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi

Qatarda futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kumush medallarga sazovor bo‘ldi. Hamyurtlarimiz finalda Yaponiyaga qarshi mardonavor bahs olib borib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘yin taqdirini hal qilgan gol 90+1-daqiqada Yamada tomonidan kiritildi.

Umarali Rahmonaliyev esa aynan o‘sha goldan so‘ng penaltidan unumli foydala olmadi.

Shunday bo‘lsa ham, yigitlarimiz final bosqichigacha yetib kelib, jamoamiz o‘z tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi. Biz Sizlar bilan faxrlanamiz, yurtimizning mard o‘g‘lonlari!

Futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi, final

Yaponiya 1 - 0 O‘zbekiston

Gol: Yamada 90+1

Kiritildi: 22:45 03.05.2024. O'qildi: 1714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!