Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini to‘xtatdi. Savdo aylanmasi qancha edi?

Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini to‘xtatdi.  Savdo aylanmasi qancha edi?

Turkiya ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 9,5 milliard dollarga yetganiga qaramay, Isroil bilan savdo aloqalarini to‘xtatdi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda juma namozi yakunida jurnalistlar bilan suhbatda aytib o‘tdi.

Avvalroq Turkiya Savdo vazirligi Isroil bilan savdo aloqalarini butunlay to‘xtatganini ma’lum qilgandi.

– Ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 9,5 milliard dollarni tashkil etdi. Shunga qaramay, Turkiya bu eshikni yopdi”, dedi Turkiya rahbari.

Prezident Erdog‘an, shuningdek, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning G‘azo bilan bog‘liq harakatlari Turkiya va Isroil o‘rtasida yuzaga kelayotgan yaqinlashishning oldini olganini ta’kidladi. Xususan, u 7-oktabr voqealaridan sal oldin Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tgan Isroil bosh vaziri bilan muzokaralarini esladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «bu uchrashuv biron bir sababga ko‘ra bo‘lib o‘tdi».

«Ammo Netanyaxu shafqatsiz va afsuski, u bolalar, ayollar va qariyalarga nisbatan bu shafqatsizligini ko‘rsatdi», dedi u.

Kiritildi: 22:34 03.05.2024. O'qildi: 2167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!