Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Karantin davrida aliment to‘lovlarini amalga oshirmagan shaxslarga qanday choralari ko‘riladi?

Karantin davrida aliment to‘lovlarini amalga oshirmagan shaxslarga qanday choralari ko‘riladi?

Bugun AOKA shtabida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari Shavkat Haydarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda eng muhim savollarga javob qaytarildi.

❓Karantin davrida aliment to‘lovlarini amalga oshirmagan shaxslarga qanday choralari ko‘riladi?

❗️Aliment to‘lovlari — bu avvalambor voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Shu bois har ishga individual tarzda yondashiladi va holatdan kelib chiqib chora ko‘riladi.

Bugungi vaziyatda har birimiz farzandimizni uyda saqlashga majburmiz. Uyda o‘tirgan farzandimiz yeb-ichishi, turli xil o‘quv qurollaridan foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlarini davom ettirishi kerak.

Aliment to‘layotgan otalarga shuni ta’kidlab aytmoqchimanki, shunday bir holatda farzandlaringiz ta’minotida uzilish bo‘lib qolmasin!

Aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida undirilishini ta’minlash maqsadida mahalla raislari, mahalla faollaridan bu borada Byuro davlat ijrochilariga yaqindan yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

Kiritildi: 12:28 26.03.2020. O'qildi: 3121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!