"Bankirlarni aytishicha, bugun mikroqarz olish uchun bankka kelayotgan fuqarolar soni keskin ko‘paygan, – deb yozadi telegramdagi "Bank va Mijoz" kanali.
Deyarli barcha ishxonalar o‘z ish faoliyatini to‘xtatayotgan yoki qisqartirayotgan, xodimlar ta’tilga chiqarilayotgan bir paytda kredit olish qanchalik to‘g‘ri?
Hurmatli mijozlar, agar ertaga qaytarish imkoningiz bo‘lmasa kredit yoki mikroqarz olmang, iltimos. Aslo bunday qilmang!
Bu bilan biz bank tizimimizni juda qiyin ahvolga tushirib qo‘yishimiz mumkin.
Keyin bank tizimi kasallansa (https://t.me/the_bakiroo/644) iqtisodiyot kasallanadi. Keyin javrini hammamiz birga tortamiz.Kredit qarzdorligingiz bormi – o‘z vaqida to‘lashga harakat qiling, kredit olishga juda ham katta ehtiyojingiz yo‘qmi yoki keyingi oylarda to‘lov qobiliyatingiz pasayishi kutilmoqdami – vaqtincha kredit olmay turing!