Turkiyaning Kappadokiya hududida, Go‘reme ochiq osmon ostidagi muzeyi kirish qismi yaqinidagi qoyatosh qulab tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi.
A Haber telekanali xabar berishicha, voqea joyiga ko‘p sonli tez tibbiy yordam brigadalari yuborilgan.
«Ikki nafar halok bo‘lgan. Jarohatlangan shaxs shifoxonaga yetkazildi», — deb ma’lum qildi Nevshehir viloyati gubernatori Hyuseyin Kyok.