Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kannavaro: "G‘alaba har doim yoqimli. O‘yinchilar ham, muxlislar ham xursand"

Kannavaro: "G‘alaba har doim yoqimli. O‘yinchilar ham, muxlislar ham xursand"

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Eron ustidan qozonilgan (0:0, penaltilar - 4:3) g‘alabaga munosabat bildirdi.

"G‘alaba har doim yoqimli. O‘yinchilar ham, muxlislar ham xursand. Bugun oson o‘yin bo‘lmadi. Har doim kurashish kerak. Ularga qarshi bo‘shashib bo‘lmaydi. Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, 2-3 ta yaxshi imkoniyatni qo‘ldan boy berdik va ikkinchi bo‘limda gol urmasangiz qiyin bo‘lishini ko‘rdik. Ular darvozamiz oldida deyarli vaziyat yaratishmadi. Qizil kartochkadan so‘ng vaziyat juda qiyinlashdi. Ammo men ularning ko‘rsatgan mentalitetidan xursandman", - dedi 52 yoshli italiyalik mutaxassis.

Kiritildi: 23:55 18.11.2025. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!