Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kanadalik 61 yoshli ayol planka mashqini 5 soat davomida bajarib, jahon rekordini o‘rnatdi

Kanadalik 61 yoshli ayol planka mashqini 5 soat davomida bajarib, jahon rekordini o‘rnatdi

Kanadalik 61 yoshli Donna Jin Uayld AQShning Yuta shtatida bo‘lib o‘tgan Huntsman World Senior Games musobaqasida planka mashqini tanaffussiz 5 soat davomida bajarib, jahon rekordini yangiladi.

Uayld o‘zining avvalgi 4 soat 30 daqiqa 11 soniyalik natijasidan oshib ketdi. Biroq yangi rekord hozircha Ginnessning rekordlar kitobi vakillari tomonidan rasman tasdiqlanishi kerak.

Ushbu mashq bilan shug‘ullanishni kanadalik ayol o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin, bilagidan jarohat olganidan keyin boshlagan. Jarohat tufayli u odatiy mashqlarni bajara olmagan va planka uning uchun qulay muqobilga aylangan. Vaqt o‘tishi bilan bu mashq kundalik mashg‘ulotining ajralmas qismiga aylangan.

Keyinchalik Uayld mashg‘ulotlariga yugurish, arqon sakrash va kuch mashqlarini ham qo‘shgan. U maktabning sobiq direktori, besh nafar farzandning onasi va 12 nafar nevaraning buvisi hisoblanadi.

Rekord o‘rnatishga urinishning so‘nggi bir soati ayniqsa og‘ir kechgan. Sportchi taslim bo‘lishga bir bahya qolganini tan olgan. Biroq tomoshabinlarning qo‘llab-quvvatlashi unga mashqni oxirigacha bajarishga yordam bergan. Ertasi kuni ertalab esa u 3 kilometrlik yugurish musobaqasida ham qatnashgan.

Uayldning yana bir katta maqsadi bor: u bir soat ichida 1575 marta otjimaniye qilish bo‘yicha o‘z rekordini ham yangilamoqchi.

Kiritildi: 19:22 10.10.2026. O'qildi: 1035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!