Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Kanada va YEI birlashmoqda — Tramp esa norozi

Kanada va YEI birlashmoqda — Tramp esa norozi



Evropa Ittifoqi Kanadaga tarixda birinchi marta «assosiasiyalangan a’zo» maqomini taklif qilmoqchi. Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bu taklifni kecha 16 sentyabrda taklif qildi, Kanada bosh vaziri Mark Karni esa uni qo‘llab-quvvatladi.

Gap Kanada YEIga to‘liq qo‘shilishi haqida emas. Tomonlar mudofaa, energetika, muhim minerallar, sun’iy intellekt, texnologiya, savdo va Arktika sohalarida yaqin hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Bu jarayon AQSh bilan munosabatlar keskinlashgan bir paytda yuz bermoqda. Donald Tramp Kanada–EI yaqinlashuvini tanqid qilib, agar kelishuv amalga oshsa, Yevropaga yangi tariflar joriy etish yoki savdoni qisqartirish mumkinligini aytdi.

Karni esa Kanada o‘z hamkorlarini mustaqil ravishda tanlashini ta’kidladi. Qisqasi, Kanada va Yevropa o‘rtasida oddiy savdo emas, yangi strategik iqtisodiy va mudofaa sherikligi shakllanmoqda.

Kiritildi: 19:38 17.09.2026. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!