General Jenni Karinyan Kanada Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ldi, deb xabar bermoqda AP.
“Bu model yaratishi va ayollar uchun nima mumkinligi haqidagi tasavvurni o‘zgartirishi mumkin. Bu oldinga katta qadam. Bu Kanada Qurolli Kuchlaridagi ko‘p yillik xizmat natijasidir”, dedi Karignan. Bosh vazir Jastin Tryudo bu tarixiy kun ekanini aytdi va Kanada qurolli kuchlarini ayol kishi boshqargan G7 va G20 davlatlari orasida birinchi bo‘lganligini ta’kidladi.
"Siz barcha kanadaliklar va butun dunyo uchun namunasiz", dedi u Karignanning qasamyod qilish marosimida. Jenni Karignan, shuningdek, Kanada armiyasidagi jangovar bo‘linmaga qo‘mondonlik qilgan birinchi ayol bo‘ldi. Armiyadagi faoliyati davomida u Bosniya, Afg‘oniston, Iroq va Suriyaga jo‘natilgan.
Oxirgi uch yil davomida u Kasbiy xulq-atvor va madaniyat boshqarmasini boshqargan. Bu lavozim 2021-yilgi harbiy ta’qiblar janjalidan keyin paydo bo‘ldi. 2018-yilda Tryudo Kanada qirollik otliq polisiyasiga rahbarlik qiladigan birinchi ayolni tayinladi. 2015-yilda u bosh vazir bo‘lganidan beri uning hukumati 50% ayollardan iborat.