Kanada Rossiyaning "soya floti" bilan bog‘liq kemalarga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy qildi.
Bu haqda Kanada tashqi ishlar vazirligi veb-saytida e’lon qilingan bayonotda aytildi.
"Rossiyaning mavjud sanksiyalarni chetlab o‘tishiga qarshi choralarni yanada kuchaytirish uchun Kanada Rossiyaning soya flotidan qo‘shimcha 100 ta kemani o‘zining sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shmoqda", deyiladi departament bayonotida.
Kanada tashqi ishlar vazirligi Rossiya neft va gaz daromadlari tufayli Ukrainaga qarshi urushni moliyalashtirishda davom etayotganini ta’kidladi. Departament ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bu daromadni sanksiyalarni chetlab o‘tish orqali kemalar va yordamchi tashkilotlar tarmog‘idan, asosan neft tankerlaridan foydalanib, dunyo mamlakatlariga tovarlar va xom ashyo, jumladan, xom neftni tashish orqali oladi.
"Ushbu sanksiyalar Rossiyaning harbiy harakatlarni moliyalashtirish qobiliyatini cheklashga qaratilgan", deyiladi bayonotda.