Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kanada “Evropa uchun xavfsizlik harakati” (SAFE) tashabbusiga qo‘shildi

Kanada “Evropa uchun xavfsizlik harakati” (SAFE) tashabbusiga qo‘shildi

Kanada bu harakati bilan Yevroittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatlar orasida birinchi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Deutsche Welle nashri.

"Evropa Ittifoqi va Kanada Ottavaning SAFE mudofaa dasturiga qo‘shilganini rasman e’lon qilgan. 150 milliard yevrolik ushbu fondga kirish huquqi Kanada kompaniyalariga harbiy texnika xarid qilishda moliyaviy imtiyozlar beradi", deya yozmoqda nashr.

Evropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va Kanada bosh vaziri Mark Karni qo‘shma bayonotida birgalikda global xavfsizlik uchun muhim davrda sanoatlar o‘rtasida mustahkam mudofaa ta’minot zanjirlarini shakllantirishini ma’lum qildi.

Karnining ta’kidlashicha, bu qadam Kanadaning mudofaa ta’minoti tizimini diversifikasiya qilish, shuningdek, mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 21:42 02.12.2025. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!