Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kanada bosh vaziri Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi

Kanada bosh vaziri Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi

Kanadaning yangi bosh vaziri Mark Karni 15 mart kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan telefon orqali muloqot qildi.

Karni X ijtimoiy tarmog‘ida uning qo‘ng‘iroqlaridan maqsadi Sharqiy Yevropada tinchlikka erishish yo‘lini muhokama qilish ekanini aytdi.

"Kanada Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatlaydi", — deb yozadi u.

Shu bilan birga, Kanada bosh vaziri Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga va Kiyev rejimiga harbiy yordam ko‘rsatishga va’da berdi.

Kiritildi: 22:44 16.03.2025. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!