Bugun 6 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Kanada bosh vaziri fuqarolarni qiyin kunlarga tayyorlanishga chaqirdi

Kanada bosh vaziri fuqarolarni qiyin kunlarga tayyorlanishga chaqirdi

Kanada bosh vaziri AQSh tomonidan Kanada mahsulotlariga boj joriy etilishi tufayli fuqarolarni qiyin kunlarga tayyorlanishga chaqirdi.

Jastin Tryudo, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarga "kuchli va tezkor javob" bilan tahdid qildi.

"Men bu vaziyatni ijobiy holat sifatida ko‘rsatmoqchi emasman – yaqin kunlar va haftalarda mamlakatimiz qiyin vaziyatga duch kelishi mumkin. Biz uchun hal qiluvchi lahza keldi. Prezident Tramp hanuz Kanadaga qarshi bojlar joriy etish niyatida. Biz aniq nima bo‘lishini bilmaymiz, lekin ikkita narsaga ishonchim komil: birinchidan, agar Tramp Kanadaga qarshi boj joriy qilsa, biz unga kuchli, ammo oqilona va tezkor javob beramiz. Buni istamaymiz, lekin agar u bir qadam tashlasa, biz ham harakat qilamiz. Har qanday holatga tayyormiz", – deya ta’kidladi qildi Kanada bosh vaziri.

Kiritildi: 09:13 01.02.2025. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!