Kanada bosh vaziri Mark Karni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muloqotga tayyorligini, biroq u mamlakat suverenitetini tan olish sharti bilan ma’lum qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
"U buni aytishi va kengroq muhokamani boshlashdan oldin buni qabul qilishi kerak", — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Avvalroq Tramp Kanadani AQSh tarkibiga kiritish imkoniyati haqida yana gapirgan edi.
Oq uy, shuningdek, Amerika rahbarining Kanadaning qo‘shilishi har ikki davlatga ham foyda keltirishiga ishonchini bildirdi.