Bugun 11 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

Kanada bosh vaziri: AQSh tomonidan qo‘shib olinishi real tahdid

Kanada bosh vaziri: AQSh tomonidan qo‘shib olinishi real tahdid

📢 Kanada bosh vaziri Jyastin Tryudo 7 fevral kuni ishbilarmonlar bilan yopiq uchrashuvda AQSh bilan munosabatlar haqida keskin bayonot berdi. CBC telekanali va The Toronto Star gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tryudo AQSh ma’muriyati haqida shunday degan:

💬 «Ular bizning resurslarimizni yaxshi bilishadi, nimalarga egaligimizdan xabardor va ulardan maksimal darajada foyda olishni istashadi. Tramp buning eng oson yo‘llaridan biri – Kanadani qo‘shib olish, deb hisoblaydi».

📰 The Toronto Star ushbu so‘zlarni Tryudoning odatiy diplomatik ohangidan keskin o‘zgarish deb atadi.

Kanadalik tadbirkor Flavio Volpe bu borada shunday izoh berdi:
💬 «Bosh vazir to‘g‘ri qildi – u mamlakatdagi muhim shaxslarga Tramp Kanadaning resurslarini egallashga jiddiy qarayotganini tushuntirdi. Bu, albatta, harbiy anneksiya shaklida sodir bo‘ladi degani emas. Biroq u aniq bir narsani ko‘rsatmoqda: Tramp Kanadaning suverenitetiga avvalgi AQSh prezidentlariga qaraganda kamroq hurmat bilan yondashmoqda».

AQSH-Kanada savdo urushi
🔸 Tramp hali inaugurasiya bo‘lmay turib Kanadaga AQSh tarkibiga kirishni taklif qilgan, ammo Ottava buni qat’iyan rad etgan edi.
🔸 1 fevral kuni Tramp Kanadadan keltiriladigan tovarlarga 25% boj kiritdi.
🔸 Kanada bunga javoban o‘xshash choralarni ko‘rdi.
🔸 2 kundan so‘ng tomonlar bojlarni vaqtincha 30 kunga to‘xtatishga kelishib, muzokaralarni boshladi.

Kiritildi: 02:31 10.02.2025. O'qildi: 1381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!